
Davron Fayziev Belgiya - Portugaliya uchrashuvi oldidan: Bugun portugallar himoyada chodir qurib olishlari mumkin, qiziq tomoni bu antifutbolga o‘xshamaydi
Bir necha kun avval Frantsiya amaldagi chempion Portugaliya bilan to‘qnash kelgandi. Undan avval amaldagi jahon chempioni Germaniya bilan kuch sinashgandi. Bu uchrashuvlar final oldi finalga qiyoslangandi. Bugun ham shunday. Evro-2020da finaldan oldingi yana bir final. Oltin avlodga ega Belgiya musobaqa to‘purari va ikkinchi yoshligini boshdan o‘tkazayotgan Krishtianu Ronaldusi bor Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi.
Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida o‘yindan oldingi fikrlarini bayon qildi.
- Air yoki xAir Ronaldo? De Bryuyne va Lukaku ketar balki? Bugun Evropa chempionatining yaqqol favoritlaridan biri bilan xayrlashamiz. Oxirgi yillarda oltin avlod deyilayotgan Belgiya tarkibi zanglashni boshlamasdanoq nomini tarixga yozish uchun so‘nggi imkoniyat. Liderlari “pik”da, Azardan tashqari. Kevin EChL finalidagi ko‘z yoshlaridan so‘ng har o‘yinda “o‘lish” uchun tushayotgani sezilib turibti. Belgiya kichik favorit.
Bugun bizni Evro-2020da qaynoq o‘yinlar kutmoqda. Belgiya - Portugaliya uchrashuvini kimlar sharhlashini bilasizmi?
Portugaliyaning plyus tarafi raqibga moslashuvchanligi. Santush shu tariqa avvalgi Evroni yutgan. Bugun portugallar himoyada chodir qurib olishlari mumkin, qiziq tomoni bu antifutbolga o‘xshamaydi. Chunki oldinda ijrochilar bor. Tomosha ko‘rsatish uchun kelgan Martinesni Santush shaxmat o‘ynashga majbur etadi. Portugaliya muammosi gol urish emas, gol o‘tkazmaslik. Uchta o‘yinda beshta urgan Evrolar to‘purari, katta turnirlar to‘purari, terma jamoalar to‘purari Ronalduga ega tarkib uchun gol urish muammo bo‘lmasligi kerak.
Bu ertalab turib natijasi va gollari ko‘rib qo‘yiladigan o‘yin emas. Bunday bahslarning dramasi faqat jonli efirda his etiladi, - deya yozib qoldirdi Davron Fayziev.
Fikrlar