
Davron Fayziev: Mart oyi boshida UFC media olami yonadi
Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev UFC 272 turnirining markaziy jangi haqida fikr bildirdi.
"Titulsiz chempionlar bo‘ladi. Ular xarizma, yorqinlik, treshtoking, bo‘ysinmas xarakter, ochiq uslub evaziga muxlislar e’tiborini tortishadi. UFC ana shunday ikkita jangchini to‘qnashtirdi. Rasman, 5 mart kuni UFC 272 turniri markaziy jangida Xorxe Masvidal va Kolbi Kovington uchrashadi. Ularda kamar yo‘q, lekin bu 5 raundlik jang bo‘ladi.
Dena Uaytning kuchli tarafi shunda. U o‘tmishga ega voqealarni kulminatsiyaga olib chiqadi. Gap shundaki, Kolbi va Xorxe bir paytlar jamoadosh do‘stlar bo‘lishgan. O‘xshatmasa uchratmas. Yaqin do‘stlik ancha davom etgan. Biroq, Kolbi ATT klubini tark etayotganda barcha jamoadoshlari bilan teskari bo‘lib ketgan. O‘shandan beri ular ashaddiy dushman. Joyi kelganda bir-birini xaqorat qiladi. Mana endi oktagonda ora ochiq qilinadi. Mart oyi boshida UFC media olami yonadi. Informatsion urush oktagondan ancha oldin boshlanadi. Kutamiz…", - deya yozib qoldirdi Fayziev "Telegram" kanalida.
Fikrlar