Davron Fayziev O‘zbekiston terma jamoalarining o‘yinlarini sharhlash borasidagi savolga javob berdi

  • 19 fevral, 2020, 15:40
  • 3
  • Futbol

Bir necha kun avval “SPORTS.uz haftasi” ko‘rsatuvi saytda va uning ijtimoiy tarmoqlarida jonli efirda namoyish etildi. Unda taniqli sharhlovchi Davron Fayziev muxlislarning savollariga javob berdi.

Jumladan, juda ko‘plab tomoshabinlardan Davron Fayziev nega O‘zbekiston terma jamoalarning o‘yinlarini sharhlamayapti, sharhlashning imkoni bormi? degan murojaatlar kelib tushdi. U esa quyidagicha javob berdi.

- Rahmat shu savolni berganlarga. Chunki bu o‘zimning ham xohishim. Inson o‘z davlatining terma jamoalari o‘yinini sharhlasa, maza qiladi. Balans, me’yor, holislik degan jihatlar chetga suriladi. Haqiqiy muxlis va sharhlovchi sifatida sharhlaydi.

Mana shu narsani sog‘inganman. Qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar terma jamoaning o‘yinini sharhlaganimda, emotsiyalar boshqacha bo‘ladi. Afsuski, oxirgi yillarda buning iloji yo‘q. Sababi men “Futbol TV”da qaoliyat olib boraman. Bu kanal terma jamoalar o‘yinlarining translyatsiya qilish huquqiga ega emas. Asosan Evropaning nufuzli turnirlarini sharhlaymiz.

4861570110120

“Sport TV”da bu huquq bor. Lekin bu ikki telekanal baribir raqobatchi. Buni men to‘g‘ri tushunaman. Ichki orzuim va niyatim bu – mening shaxsiy ishim. O‘rtada ikki tomonning raqobati bor. Agarda, shu ikki kanal rahbarlari o‘zaro kelishgan holda terma jamoalarning uchrashuvlarini shu sharhlovchi sharhlasin deyishsa, men 100 foiz roziman. Biroq hozirgi ish joyimda bosh direktor kanalning qoidalarini tushuntirganida, men uni to‘g‘ri tushunib, rozi bo‘lganman. Shuning uchun hozir bu masala yopiq.

Bir kun kelib, balki bizning telekanal ham terma jamoalarning o‘yinlarini namoyish etar. Bu umuman iloji yo‘q narsa emas. Nasib qilsa, hali ko‘p o‘yinlarni sharhlaymiz, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alixujaev
19/02/2020 20:28
Шархловчилик таниш билишчилик-ку!
Dastan Uteuliev
19/02/2020 19:29
Даврон биздин футболды шархлап не кыласын, кан басымын котерилип кришадан кетесин
Sadulla Xikmatov
19/02/2020 15:45
Даврон футболни шархланг