
Davron Kabulov yana boshladi. U terma jamoa murabbiyligini berishsa yordamchilariga yonidan pul sarflamoqchi
Bir necha yil avval terma jamoa bosh murabbiyligini jiddiy tarzda so‘ragan “Million” jamoasi a’zosi Davron Kabulov hali ham o‘sha fikrdan qaytmaganini ma’lum qildi.
Kabulov tvitterdagi sahifasida terma jamoa murabbiyligini berishlarini, o‘zi yonidan pul sarflashini ma’lum qildi.
- Battar bo‘lsa bo‘lyapti-ki, oldinga siljish yo‘k... Murabbiy emasman, lekin yaxshi mutaxassislarni shtabga kiritishni hech kim ta’qiqlamaydi-ku. Pul kerakmas, assistentlargayam o‘zim maosh to‘layman! Beringlar, yuraylik «Million»ga o‘xshab oldi qatorlarda – itning bir nimasiga o‘xshamasdan... – deya yozib qoldirgan Davron Kabulov.
Fikrlar
Бемалол термамизни унга ишониб топширсак булаверади.
Фаластинга ютказиб куйишни Даврон хам эплашига шубхам йук.
Факат фарки Давронники текин Купперники эса э...ха...а... калкуляторга сигмаяпти.
Тилмончга кетган миллионлар хам иктисот килинган буларди.
Kabulovda ishtiyoq baland ekan qanday bumasin JCH ga olib chiqadi.
Shuncha vaqt chiqolmadik yana bir marta chiqolmasak xech narsa qimaydi.
Nu lekin man ishonaman qanday bumasin olib chiqadi.