
Dayana Yastremskaya finalga chiqdi
Avstraliyaning Adelaida shahrida ayollar o‘rtasida o‘tayotgan "Adelaide International" turnirining yarim final uchrashuvlari qizg‘in o‘tmoqda.
Unda ukrainalik Dayana Yastremskaya va belaruslik Arina Sobolenko o‘zaro to‘qnash keldi. Bahs 6:4, 7:6 hisobida Dayana foydasiga hal bo‘ldi.
Shu tariqa, Yastremskaya bosh sovrin uchun o‘tadigan o‘yinda avtraliyalik Eshli Barti, yoki amerikalik Daniel Kollinzga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar