De la Fuente: "Ispaniya — juda kuchli jamoa, ammo biz hali hech narsaga erishganimiz yo‘q"
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente JCh–2026 saralashida Gruziya ustidan qozonilgan (2:0) g‘alaba haqida fikr bildirdi.
Ispaniya jamoasi saralash bosqichida uchta uchrashuvda ham g‘alaba qozonib, 9 ochko bilan “E” guruhida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda — 6 ochkoli Turkiya.
Yoshlar va jamoa haqida:
— Bizda ajoyib yoshlar bor. Ko‘plab yaxshi futbolchilar etishib chiqmoqda va bu bizning faxrimiz, xavotirimiz emas. Ispaniya — bitmas-tuganmas talantlar manbai.
Gruziyaga qarshi o‘yin haqida:
— Bizga biroz aniqlik etishmadi, ammo bu — futbol. U sizni haqiqatga qaytaradi va qay darajada rivojlanayotganimizni ko‘rsatadi. Biz kattaroq hisobda g‘alaba qozonishimiz mumkin edi, lekin bu darajaga etish uchun har bir narsani juda yaxshi bajarish kerak.
Penaltini Ferranga berish haqida:
— Ferran yoki Oyarsabal — farqi yo‘q. Bu jamoaviy harakat, o‘zaro do‘stlik belgisi.
Dani Olmo haqida:
— Uning holati jiddiy emas. Faqat noqulaylik hissi bo‘lgani uchun tekshiruvga yubordik.
Tarkib o‘zgarishi haqida:
— Biz doimo bir xil uslubda o‘ynaymiz, kim maydonga tushishidan qat’i nazar. Bu safar Rodriges yoki De Frutos o‘ynamadi, lekin ular bo‘lganida ham natija shunday bo‘lardi.
Jamoaga berilayotgan maqtov haqida:
— Biz hali hech narsaga erishganimiz yo‘q. Maqtovlar bizni sust qilmaydi. Bu — ajoyib jamoa. Menda faqat yaxshi futbolchilar emas, balki juda yaxshi insonlar ham bor", - deya ta’rif berib o‘tdi Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi.
Fikrlar