
De Xea “Barselona”ga o‘tadi
“Manchester Yunayted”ning 32 yoshli darvozaboni David de Xea mavsum yakunlangach, Angliya premer-ligasini tark etishi kutilmoqda.
Ispan futbolchisining amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyun kuni yakunlanadi. Klubda uni bir yilga uzaytirish huquqi bor. Lekin manchesterliklar David de Xea katta maosh evaziga o‘ynashini inobatga olib, kelishuvni uzaytirmoqchi emas.
Todofichajes nashri jurnalistlari mohir darvozabonga Ispaniyadan ish topilganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, “Barselona” ispaniyalik kiperni asosiy darvozabon Mark-Andre ter Shtegenga o‘rinbosar qilib olib kelishni rejalashtirmoqda.
David de Xeaga Ispaniya chempionati yaxshi tanish. Mahoratli darvozabon 2011 yili Angliyaga ko‘chib o‘tguniga qadar La Ligada “Atletiko” sharafini himoya qilgan.
Fikrlar