De Xea ishsiz qolmaydi

  • 25 fevral, 2021, 19:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati ishonchini yo‘qotib borayotgan David de Xea faoliyatini boshqa superklublardan birida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Ayni paytda 30 yoshli darvozabonga “Yuventus”, “Bavariya” va PSJ jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq, manchesterliklar bosh murabbiyi jamoa ichki muhitiga salbiy ta’sir qilayotgan David de Xea va Din Xenderson o‘rtasidagi raqobatga barham berish uchun ulardan birini sotib yubormoqchi ekanini bildirgan.

Bundan tashqari, manchesterliklar “Milan”ni tark etishga harakat qilayotgan Janluiji Donnarumma bilan kelishuvga erishga haqida ham yangiliklar tarqaldi.

David de Xea joriy mavsumda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘qqizta bellashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!