
De Xea: Nega "Arsenal" dam olganda, biz o‘ynashimiz kerak?
"Manchester Yunayted" darvozaboni David de Xea o‘yinlar taqvimidan norozi ekanligini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, “qizil iblislar” kecha APLning 7-tur qoldirilgan bahsi doirasida mehmonda “Kristal Pelas”ga qarshi bahs olib borishdi va 1:1 hisobida durang qayd etishdi. Endi ular yakshanba kuni turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Arsenal” mehmoni bo‘ladi. Aytish kerakki, "kanonirlar" oldingi o‘yinini 15 yanvar kuni o‘tkazishdi ("Tottenxem" ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi).
"Men "Arsenal" nima uchun o‘ynamasligini tushunmayapman. Ular dam olayotganda biz qo‘shimcha o‘yin o‘tkazdik”, - dedi ispaniyalik futbolchi Sky Sport nashriga bergan intervyusida.
U shuningdek, jamoadoshi Kazemironing sariq kartochkalari tufayli olgan diskvalifikatsiyasi haqida ham gapirib o‘tdi: Kazemironi yo‘qotish katta zarba. Endi asosiy o‘yinda eng yaxshi futbolchilarimizsiz o‘ynashga majburmiz.
Fikrlar