De Xea: "Ronaldu haqiqiy mashina"

"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. 

"U haqiqiy mashina. Ronalduning yonida harakat qilib, siz ikki baravar g‘ayratlanasiz, u belgilagan darajaga mos kelishni istaysiz. Uning ishga bo‘lgan munosabati qoyil qoldiradi. Krishtianu o‘ziga yaxshi qaraydi va har bir detalga e’tibor beradi. Boshqa yigitlar uchun uni kuzatish foydali", - dedi posbon.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2021 yil "qizil iblislar" safiga qaytdi. U joriy mavsum APLda 19ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi va 3ta golga assistentlik qildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!