Dembele “Barsa”dan nega ketganini aytdi

  • 09.11.2023 11:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol

Yozgi transferlar vaqtida “Barselona” etakchisi Usmon Dembelening “Pari Sen-Jermen”ga o‘tib ketgani kutilmagan holat bo‘ldi.

Parijliklar uning  shartnomasidagi banddan foydalanib, 50 million evro evaziga transferni amalga oshirdi.  Frantsiyalik hujumkor futbolchi bu holatga izoh berdi.

- PSJ menga Dortmundning “Borussiya”sida o‘ynab yurganimdan beri qiziqib kelardi. Lekin o‘shanda mening maqsadim “Barselona”ga o‘tishdan iborat bo‘lgan. Parijliklar bilan 2019 yili muzokara qilingan, keyin bu ish o‘tgan yoo‘ takrorlandi.

Klb xo‘jayini Nasser Al-Xelaifiy menga klubga kerak ekanimni aytdi va ular taqdim qilgan loyiha ma’qul keldi.

Men “Barsa”da qolmoqchi edim. Lekin PSJ bilan loyihani muhokama qilganim fikrimni o‘zgartirdi, - dedi Usmon Dembele.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
FCNASAF UZBEKISTAN
09/11/2023 12:25
Рахмат сендан қўтилдик.