Dembele nima sababda PSJga o‘tgani haqida gapirdi?
Usmon Dembele "Barselona"dan PSJga o‘tishi haqidagi savolga javob berdi.
Yozda frantsiyalik futbolchi Kataloniyani Parijga o‘zgartirishga qaror qilgandi. 26 yoshli futbolchi PSJ bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
"Men murabbiy va prezident Nosir al-Xelayfiy bilan gaplashdim va menga hammasi yoqdi. Ular menga loyiha haqida hamma narsani aytib berishdi. Frantsiyaga qaytganimdan xursand bo‘ldim. Bizda ajoyib jamoa, ajoyib murabbiy bor, hammasi menga mos keladi", - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi "ManagingBarca".
Ma’lumot uchun, Usmon Dembele Frantsiya chempionatida uchta o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar