
Dembelega Angliyadagi superklubdan qo‘ng‘iroq bo‘ldi
Italiyaning Foot Mercato nashri xabar berishicha, “Chelsi” mutasaddilari “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanib borayotgan Usmon Dembelening agentlariga qo‘ng‘iroq qilib, hujumkor futbolchini Londonga taklif qilgan.
Kataloniya klubi uzoq muddat davomida futbolchini Kataloniyada qolishga ko‘ndirishga harakat qildi, biroq frantsiyalik o‘yinchining tanlovi boshqacha bo‘lib chiqdi.
“Chelsi” o‘zgi transferlar vaqtida ishonchni oqlamagan ikki hujumkor futbolchi – Hakim Ziesh va Kristan Pulishich bilan xayralashadi. Ular bo‘shagan o‘ringa aynan Dembeleni olib kelishni mo‘ljal qilgan.
“Aristokratlar” Dembele transferi uchun pul sarflamoqchi emas va uni yozda erkin agent sifatida qo‘lga kiritmoqchi. Buyog‘iga ular Usmonning roziligini olishga harakat qiladi. Chunki frantsiyalik yulduzda boshqa takliflar ham etarli.
Fikrlar