Denis Istomin yana jarohat oldi

  • 3 oktabr, 2019, 12:22
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Nursulton shahrida o‘tkazilayotgan "Chellenjer" turkumiga kiruvchi turnirning yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi.
 
Denis musobaqaning uchinchi davrasida belgiyalik Ruben Bemelmansga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda hisob 4:6, 6:6 bo‘lib turgan vaziyatda Istomin kutilmaganda oyog‘idan jarohat oldi va o‘yinni davom ettira olmasligini e’lon qildi.
 
Shu tariqa Bemelmans musobaqaning chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!