Denis Istominning omadi kelib qoldi
Zohir2018
Tennisda shunda holatlar ham bo‘lib turadi
Floridaning Delrey-Bich shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan musobaqada hamyurtimiz Denis Istomin asosiy to‘r bahslarida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi saralash bosqichining so‘nggi hal qiluvchi uchrashuvida amerikalik Noy Rubinga qarshi o‘tgan o‘yinda 4:6, 6:3, 6:7 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Biroq turnir mutassadilari Denisga asosiy to‘rda ishtirok etish huquqini berdi. Endi tennischimiz ilk davrada kanadalik Milosh Raonichga qarshi kortga chiqadi.

Izohlar (0)