
Derevyanchenko Golovkin bilan bo‘ladigan jangda rekord darajadagi gonorarga ega bo‘ladi
Ukrainalik Sergey Derevyanchenkoning qozog‘istonlik bokschi Gennadiy Golovkinga qarshi jang uchun o‘zining rekord darajadagi gonorariga ega bo‘ladi.
“Derevyanchenko Golovkin bilan jang uchun kamida besh million dollar oladi. Ammo ukrainalik bokschining menejeri Keyt Konnoli ma’lumotiga ko‘ra, Sergey GGG bilan bilan bo‘lgan jangning foydasi shu bilan tugamaydi. Agar Derevyanchenko g‘alaba qozonsa, u sakkiz xonali to‘lovga ega bokschiga aylanadi. Keyingi janglarda raqibidan qat’i nazar, derevyanchenkoga 10 million dollar olib keladi”,- deya xabar bermoqda Theathletic.com.
Eslatib o‘tamiz, Golovkin - Derevyanchenko jangi 5 oktyabr kuni Nyu-Yorkdagi “Medison Skver Garden” arenasida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar