Devid Moyes yana "Everton"ga qaytishi mumkin
Devid Moyes “Everton”ga qaytishga tayyor. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatmoqda.
Shotlandiyalik mutaxassis joriy mavsumdagi omadsiz startdan so‘ng kursisi qimirlab qolgan Marku Silvaning o‘rnini egallash uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida tilga olinmoqda.
Ma’lumot uchun, Moyes 2002-2013 yillarda “Everton”ni boshqargan. Shundan so‘ng u “Manchester Yunayted”ga o‘tib ketgan edi.
Fikrlar