Di Mariya 15 ochko olib tashlangan "Yuventus"ning maqsadi haqida gapirdi

  • 23 yanvar, 2023, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" klubining hujumkor yarim himoyachisi Anxel di Mariya kecha "Atalanta"ga (3:3) qarshi durangdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, turinliklar hisobidan 15 ochko olib tashlangach, Massimiliano Allegri jamoasi 9-o‘rinda bormoqda. Hozigda “Yuve” Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi 4-o‘rinda borayotgan “Roma”dan 14 ochkoga ortda qolmoqda.

“Bugun biz ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik, ammo yaxshi vaziyatlar ham bo‘ldi. Menimcha, hisob o‘yinga mos bo‘ldi deyish mumkin.

15 ochko yo‘qotishni qabul qilish juda qiyin, ammo "Yuventus" imkonsiz narsani qilishga qodir. Biz o‘zimizga ishonishimiz va muxlislar bilan birdam bo‘lishimiz kerak. Klubda g‘alaba qozonish mentaliteti bor va bu bizga to‘rtinchi o‘rin uchun kurashish imkonini beradi”, - dedi argentinalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!