Dias: "Real" dunyoning eng yaxshi klubi. Shu bilan birga, hali hech narsa tugamadi!"

  • 12 fevral, 03:50
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" hujumchisi hisoblangan Braim Dias "Manchester Siti"ga qarshi muhim g‘alabadan so‘ng o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"Bu hali oxiri emas, hali javob uchrashuvi bor. G‘alaba va jamoaning o‘yinidan juda mamnunman. Biz ajoyib o‘yin o‘tkazdik va gol urib, jamoaga yordam bera olganimdan xursandman. 
 
Biz bilamizki, futbolda juda yaxshi o‘ynab, baribir mag‘lub bo‘lish mumkin yoki aksincha. O‘ylaymanki, biz ajoyib o‘yin o‘tkazdik. Bu erda futbol o‘ynash oson emas, chunki biz juda kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik. Biroq, javob o‘yini hali oldinda va ish hali yakuniga etgani yo‘q. Biz ularning xatolaridan unumli foydalanib, ko‘plab vaziyatlar yaratdik, xolos. Bundan tashqari, bu "Real Madrid", dunyoning eng yaxshi klubidir" - deya ta’rif berib o‘tdi. 
 
Xabaringiz bor, "qirollik klubi" 3:2 hisobida manchesterliklar ustidan zafar quchdi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida marokashlik futbolchi zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, 86-daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!