
Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova JChning bugungi kunida kumush medalni qo‘lga kiritshdi
Ruminiyaning Puteshti shahrida yakunlanib borayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining so‘nggi kuni ham terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli tugadi. Bugun stratga chiqqan vakillarimiz terma jamoamiz hisobiga navbatdagi medallar shodasini taqdim qilishdi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Kecha 200 metr masofada kanoening juftlik yo‘nalishida g‘alaba qozongan vakillarimiz Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova bugun 500 metr masofaga o‘tkazilgan poygada kumush medalni qo‘lga kiritishdi. Batafsil:
Kanoeda eshkak eshish. U-23 JCh.
Ayollar, 500 metr.
1. Kseniya Kurax, Darya Xarshenko (Rossiya) – 2:05.266
2. Dilnoza Rahmatova, Nilufar Zokirova (O‘zbekiston) – (+0.778)
3. Sofiya Kisban, Giada Bragato (Vengriya) – (+1.940)
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi mazkur jahon chempionatini 2 ta oltin va 1 ta kumush medali bilan yakunladi. Bu esa 23 yoshgacha bo‘lgan toifada umumiy hisobda beshinchi natija demakdir.
Fikrlar