
"Dinamo" - AGMKning 22-to‘qnashuvi. Yangi bosh murabbiy uchun ilk imtihon
Superliganing 10-turida o‘zaro to‘qnash kelayotgan “Dinamo” — AGMK jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik tarixiga nazar solamiz.
AGMK mazkur jamoaga qarshi umumiy hisobdagi 22-uchrashuvni o‘tkazishga taraddud ko‘rmoqda.
Bunga qadar olmaliqliklar samarqandliklar bilan jami 21 marotaba duch kelgan va o‘zaro o‘yinlardagi hisob-kitob bo‘yicha ustunlikka ega. O‘tkazilgan 21 bellashuvning 10 tasida AGMKning qo‘li baland kelgan. "Dinamo" esa ushbu qarama-qarshilikda 7 bor zafar quchgan. Qolgan 4 bahsda esa g‘olib nomi aniqlanmay, jamoalar durang qayd etishgan. To‘plar nisbati ham AGMK jamoasi foydasiga: 30-21.
Bo‘lajak o‘yinni boshqarish mas’uliyati Akobirxo‘ja Shukurullaev topshirilgan. VARga mas’ul etib Ilgiz Tantashev tayinlangan.
O‘yin 23 may kuni soat 19:00 da Samarqanddagi “Dinamo” stadionida boshlanadi, - deya xabar bermoqda AGMK matbuot xizmati.
Ma’lumki, ushbu uchrashuv Andrey Shipilov uchun "Dinamo" bosh murabbiyi sifatidagi ilk o‘yinga aylanadi. Ko‘ramiz, Andrey Sergeevich debyutida qanday natija ko‘rsatarkin?
Fikrlar