Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Dinamo" Belarus yig‘inidagi ilk o‘yinda mag‘lub bo‘ldi

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

Abramov jamoasining tayyorgarligi davom etyapti.

Belarusda yozgi yig‘inini o‘tkazayotgan "Dinamo" u erdagi dastlabki nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, Belarus chempionatida 2-o‘rinda borayotgan "Slaviya"ga qarshi mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi.

"Dinamo"ning goliga Sanjar Qodirqulov mualliflik qilgan bo‘lsa, Xislat Xalilovning penaltidan yo‘llagan zarbasi golga aylanmadi.

Samarqandliklar navbatdagi nazorat bahsini 23 iyul kuni "Molodechno" klubiga qarshi o‘tkazadi.

"Slaviya" - "Dinamo" - 3:1
Gollar: Ivanov 2, Solovey 12, Lixtin 65 – Sanjar Qodirqulov 17 
Foydalanilmagan penalti: Xislat Xalilov 78.
"Dinamo" (asosiy tarkib): Ravshanbek Yagudin, Akbar Abdurasulov, Oleksandr Kucherenko, Jaloliddin Jumaboev, Ulug‘bek Abdullaev, Sanjar Qodirqulov, Marko Stanoevich, Ratino, Jahongir Abdusalomov, Anvarjon Hojimirzaev, Ulug‘bek Hoshimov. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q