"Dinamo" tarkibida deyarli barcha futbolchilarda o‘sish!

  • 09.12.2025 19:09
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Dinamo" jamoasi Superliga 2025 yilgi mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunladi. Abramov boshchiligidagi jamoa bu mavsum haqiqatdan ham kutilganidan ko‘ra balandroq sakradi.

Superliga-2025 oldidan "Dinamo" jamoasi tarkibining transfer bahosi Transfermarkt portaliga ko‘ra 10-o‘rinda bo‘lsa-da, jamoa chempionatni 4-o‘rinda yakunladi.

Mavsum davomida deyarli barcha o‘yinchilarda o‘sish kuzatilganini Transfermarkt portalidagi transfer baholaridagi narxlar oshganidan ham bilish mumkin. Hozirga kelib tarkibning umumiy bahosi bo‘yicha jamoa ettinchi o‘rinda qayd etilgan. E’tiborlisi, "Dinamo"ning aksariyat o‘yinchilari transfer bahosining eng ko‘p oshishi bo‘yicha Superligada eng yaxshilar qatorida bo‘ldi. Xususan, himoyachi Jaloliddin Jumaboev va yarimhimoyachi Behruzbek Obloqulov transfer bahosidagi o‘sish bo‘yicha Superligada top-10likdan joy oldi.

Portalga ko‘ra, tarkibdagi eng qimmatbaho o‘yinchilar ro‘yxatini esa Jahongir O‘rozov (600 ming evro), Dmitriy Pletnyov (450 ming evro), Ratinio, Anvarjon Hojimirzaev va Xislat Xalilov (400 ming evrodan) tashkil etmoqda. 

Quyida «Dinamo»ning transfer bahosi eng ko‘p oshgan o‘yinchilari top-10ligi bilan tanishing!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!