Diqqat: Jahon chempionati ishtirokchilari kutilmagan xavfdan ogohlantirildi
Tadqiqotchi olimlar 2026 yildgi jahon chempionati o‘yinlarining chorak qismi kuchli issiq ostida o‘tishini aytmoqda.
Yangi ilmiy tahlillarga ko‘ra, mundial uchrashuvlarining qariyb har to‘rt tasidan biri juda issiq ob-havo sharoitida o‘tkazilishi mumkin. Olimlar bu holatga iqlim o‘zgarishi sabab bo‘layotganini ta’kidlamoqda.
Musobaqa davomida futbolchilar va muxlislar issiqlik bilan bog‘liq xavflarga duch kelishi mumkin. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha Amerika Qo‘shma Shtatlari, Meksika va Kanadadagi 16 ta stadionda bo‘lib o‘tadi.
Tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, 104 ta o‘yindan taxminan 26 tasi 26 darajadan yuqori haroratda va havo namligi yuqori bo‘lgan vaqtda to‘g‘ri keladi.
Olimlar bu xavf 1994 yildgi Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘tgan jahon chempionatiga nisbatan sezilarli oshganini aytdi. O‘shanda taxminan 21 ta o‘yin shunday issiq sharoitga to‘g‘ri kelgan edi.
Tadqiqotga ko‘ra, beshta o‘yin 28 daraja yoki undan yuqori sharoitda o‘tkazilishi mumkin.
- Bu futbolchilar uchun xavfli, lekin ochiq havoda yig‘iladigan muxlislar yanada kattaroq xavf ostida bo‘ladi. Chunki ularga stadiondagi kabi tibbiy yordam va nazorat bo‘lmaydi, - dedi soha mutaxassisi professor Friderike Otto.
Musobaqa tashkilotchilari hisobotlarida 16 ta stadiondan faqat uchtasida, ya’ni Dallas, Hyuston va Atlantadagi arenalardagina to‘liq konditsioner tizimi mavjud.
Olimlar 26 daraja xavfi bor o‘yinlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i konditsionersiz stadionlarda o‘tkazilishini aytdi.
O‘zJOKU talabasi Laylo Rustamova tayyorladi

Fikrlar