Diyor Imomxo‘jaev "Andijon" klubining qaytadan tashkil etilaverganidan hayratga tushib, Vuyovich ishidan chetga chiqqani haqida ma’lum qildi

  • 4 noyabr, 2020, 21:36
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Andijon" klubi 2015 yili jamoada o‘ynagan futbolchi Predrag Vuyovich bilan bog‘liq qarzdorlik bo‘yicha muammoga duch kelgan. Xorijlik futbolchi FIFAga arz qilgan. Ammo bu hal etilmagandi. Shuning uchun Vuyovich Arbitraj sudiga murojaat qilgan, deya xabar berdi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida.

Tecno

- Predrag Vuyovich degan futbolchi 2015 yil "Andijon" klubi sharafini himoya qilgan. Keyinroq, u qarzdorlik sabab FIFA tomon shikoyat yozgan.

FIFA "Andijon" FK qarzni to‘lashi kerak, deb qaror chiqargan. Ammo bu vaqtga kelib Vuyovichni o‘ynatgan klub yo‘q qilingan bo‘lib, boshqasi faoliyatini boshlagandi. FIFA kabi tashkilot ham hayratda qolgan. Har ikki klubni mayda detallargacha solishtirgan, futbolkasining rangidan tortib, uy stadionigacha. Xullas, oxir-oqibat FIFA ham ishdan charchab, chetga chiqdi.

Endi Vuyovich Arbitraj sudi orqali qarzni undirish niyatida. Bu vaqtga kelib, "Andijon" FK bir emas, to‘rt martda o‘zgarib ulgurdi. Aynan so‘nggi o‘zgarish arafasida Vuyovichning yana tilga kirgani shubhali. Biroq ayb unda emas, ayb biror firmani bankrot qilib, yangisini ochaveradigan tomonda.

2009-2020 yillarda Andijon viloyati sharafini himoya qiluvchi bosh jamoa sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar to‘g‘risida ma’lumot:

2009 — Andijon professional futbol MChJ
2010 — Andijon professional futbol MChJ
2011 — Andijon professional futbol MChJ
2012 — Andijon burgut PFK MChJ
2013 — Andijon futboli MChJ
2014 — Andijon futboli MChJ
2015 — Andijon professional futbol klubi MChJ
2016 — Andijon futbol sport PFK MChJ
2017 — Andijon baxtli yoshlari PFK MChJ
2018 — Andijon futbol sport PFK MChJ
2019 — Andijon futbol sport PFK MChJ
2020 — Andijon futbol sport PFK MChJ

Vaholanki, reglament bo‘yicha bularning bari mutlaqo yangi klub sifatida faoliyatini eng quyi ligadan boshlashi kerak. Biroq ular O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tavergan. Klub ustavini biror kishi tekshirib ham ko‘rmagan.

Ayni vaqtda yangi firma jamoani Superligada ushlab turibdi. Biroq O‘zPFL mazkur firma bilan imzolangan shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazayotgani yo‘q. Murabbiylarga ham mavsum so‘ngiga qadar shartli ravishda zaxira o‘rindig‘idan joy olish uchun ruxsat etilgan. Bu masala Andijon viloyati hokimligi, eski firma, yangi firma, GM hamda futbolga javobgar tashkilot tomonidan atroflicha muhokama etilishi kerak. Masala eski hammom, eski tos bo‘lmasligi shart.

Ma’lumot uchun. O‘zPFL so‘nggi 4 oy ichida "Buxoro" va "Dinamo" futbol klubi bosh direktorini nima uchun o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazmagani va keyinchalik unga ruxsat bergani, "Qizilqum" futbol klubida paydo bo‘lib qolgan bekorchilar masalasiga oydinlik kiritgani kabi masalalar hamma uchun endi tushunarli bo‘lsa kerak. Shuningdek, mavsum avvalida G‘ijduvon futbol klubi ham kishi bilmas boshqa firma ustavini O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazishga urinib ko‘rdi, ammo bu ish amalga oshmadi.

Biror muammo chindan hal etilishi kerak bo‘lsa, o‘sha muammodan qochish emas, uni echish kerak. "Andijon" futbol klubi bilan bog‘liq yuqoridagi faktlarning barchasida muammodan qochilgan va ular echilmagan. Oqibatda 2015 yillarda to‘p surganlar masalasi hali ham osilib turibdi. Shuningdek, biror jamoani yuqori divizionga sun’iy ravishda ko‘tarayotganda ham mana shu jihatni inobatga olish muhim. Maqsad kimning qaerda o‘ynashi emas, masala kim aslida qaysi nuqtada turganida. Sizni ishontirib aytamizki, bizda mavjud bo‘lgan 80 foiz klubning poydevori mavjud emas. Biz faqatgina tomi ko‘rinib turgan uylarni uzoqdan yaxshi qurilgan, deb o‘ylayapmiz xolos. 2021 yildan boshlab, barchasi to‘g‘ri yo‘lga tushishi uchun esa tinim bilmay harakat qilyapmiz, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
04/11/2020 22:57
Joning bor uka. shu bolani kup kishi yomonloydi lekin har safar matbuot anjumoniga chiqsa ochiq kungil cheroyli nutuq suzlap hamma narsani batafsil tushunterib beradi. yana nima qilsin endi. keyin gapini ohiriga kimnider nimader savol qiynasa kelsin deydi. gap yuq bos gazini. uka.