Doku: "Kubokdagi g'alaba "Arsenal" uchun psixologik zarba bo'ldi"
Bilolbek Imomov
Qanot hujumchisi finalni eslab o‘tdi
"Manchester Siti" vingeri Jeremi Doku Angliya Liga kubogi finalida "Arsenal" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.
"Karabao kubogi — ajoyib sovrin. Biz g'alaba qozonsak, bu "Arsenal" uchun psixologik zarba bo'lishini bilardik. Faqat oldinga qarab harakat qildik", — dedi futbolchi jurnalist Jek Goganga.
Eslatib o'tamiz, Liga kubogi finalida "Manchester Siti" "Arsenal"ni 2:0 hisobida mag'lub etgandi. Shundan keyin "shaharliklar" APL doirasida ham londonliklar ustidan zafar quchib, ayni paytda chempionat jadvalida peshqadam bo'lib turibdi.
Angliya Premier-ligasining 35-turida "Manchester Siti" safarda "Everton" mehmoni bo'ladi.

Izohlar (0)