Donnarumma: G‘alabli seriyani Evro-2020 da ham davom ettira olamiz

Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluijji Donnarumma Evro-2020 saralash bosqichidan o‘rin olgan Bosniya va Gertsegovina (3:0) ga qarshi o‘yindan keyin, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘yin oson bo‘lmasligini bilardik, ammo biz yaxshi o‘ynadik va ishonchli natijaga erishdik.

Doim o‘zimizga ishonganmiz. Biz yaxshi jamoa ekanligimizni va barchani yuta olishimizni bilamiz. G‘alabli seriyani Evro-2020 da ham davom ettira olamiz.

Keling, o‘yindan o‘yinga harakat qilamiz va nimalar bizni kutib turganini ko‘ramiz," - dedi Donnarumma.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!