Donnarumma "Milan"dan ketishni xohlamayapti
"Milan" darvozaboni Janluiji Donnarummada jamoadan ketish istagi yo‘q. Bu haqda Corriere della Sera nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 21 yoshli italiyalik posbon "rossonerilar" bioan amaldagi shartnomasini 2023 uzaytirmoqchi. Ammo, yangi shartnomada 2024 yilda uning tovon puli 60 mln evro etib belgilanishi yozib qo‘yilishi shart. Ayni damda “Milan” va futbolchining agenti Mino Rayola o‘rtasida qizg‘in muzokaralar ketmoqda.
Donnarumma joriy mavsum “Milan” safida 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 33 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar