Dragan Cheran: “Andijonlik muxlislar nafaqat Oʻzbekistonda, balki jahon darajasidagi brend”

  • 03.01.2026 23:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Taniqli futbolchi, to‘purar hujumchi Dragan Cheranning “Andijon” klubi bilan shartnoma imzolagani albatta jamoa uchun ayni muddao bo‘ldi.

 Shu tariqa, Cheranning “Andijon”dagi hayoti boshlanadi va biz ishonamizki, bu borada barchasi muvaffaqiyatli va ko‘ngildagidek kechadi.

Klub matbuot xizmati esa Cheranning dastlabki fikrlari bilan qiziqdi.

- Dragan, avvalo, “Andijon” klubiga xush kelibsiz! Dastlab, nima uchun “Burgutlar” tanlovini qabul qilganingiz xususida to‘xtalib o‘tsangiz.

- Sababi, doimgidek jamoaga yordam berish, yoshlarni rivojlantirishga ko‘maklashish, rahbariyat va bosh murabbiy meni fikrlarimni va qarashlarimni inobatga olyapti. Bizni fikrlarimiz bir joydan chiqdi.

- “Andijon” klubi bilan ko‘zlagan maqsadlaringiz qanday?

- Biz imkonsizdek tuyulgan narsani amalga oshirishga kirishdik. Aynan sovrinli o‘rin jamoa uchun tarixiy natija bo‘ladi.

- Bilamizki, siz 6 marta O‘zbekistonning eng yaxshi to‘purariga aylangansiz. “Andijon”da ham to‘purarlik salohiyatingizni ko‘rsata olishingizga ishtiyoqingiz balandligi ko‘rinib turibdi...

- Har bir mavsumda o‘z jamoamga yordam berishga harakat qilaman va imkoniyat bo‘ldi deguncha ko‘proq gollar urishga intilaman.

- “Andijon” klubiga uchta so‘z bilan qanday ta’rif berasiz?

- Energiya, ishtiyoq va hurmat.

 - Faoliyatingizni “Andijon”da davom ettirish siz uchun nimani anglatadi?

- Futbol imtihoni.

- Endi siz “Bobur arena”da ajoyib muhitni ko‘rasiz va his qilasiz. Bu onlarni intiqilik bilan kutyapsizmi?

- Ha, ular ajoyib muxlislar. Nafaqat O‘zbekistonda, balki jahon darajasidagi brend. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!