Dris Mertens faoliyatini MLSda davom ettirishi kutilmoqda

  • 6 avgust, 2019, 11:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning “Napoli” klubi hujumchisi Dris Mertens faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.

Tecno

La Voce di New York tarqatgan xabarga ko‘ra “Nyu-York Siti” klubi 32 yoshli belgiyalik futbolchini shartnomasi yakunlangach, tekinga qo‘shib olmoqchi. Ta’kidlash kerakki, uning neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.

Ma’lumot uchun, Mertens o‘tgan mavsum “Napoli” safida A Seriyada jami 35ta o‘yinda maydonga tushdi va 17ta gol hamda 11ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!