
Drogba: "U Kantega o‘xshaydi"
Dide Drogba Antuan Grizmanning Marokashga qarshi o‘yindagi harakatlari haqida iliq fikr bildirdi.
"Antuan meni hayron qioldirdi. U aql hamda mahoratga ega bo‘lgan futbolchi. U Grizmanndan ko‘ra ko‘proq Kantega o‘xshaydi", - dedi sobiq "Chelsi" futbolchisi.
Eslatib o‘tamiz, "aristokratlar" yarim himoyachisi Ngolo Kante jahon chempionatini jarohat sabab o‘tkazib yubordi.
"Atletiko" forvardi Marokashga qarshi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va mundialda yorqin o‘yin ko‘rsatayotgan futbolchilardan biri bo‘lib turibdi.
Fikrlar