Dubaydan gapiramiz! Bobirjon Omonov Para atletika bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi va Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Xabaringiz bor ayni kunlarda BAAning Dubay shahrida Para atletika bo‘yicha navbatdagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun musobaqaning erkaklar o‘rtasida yadro uloqtirish turi (F41) bo‘yicha final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, hamyurtimiz Bobirjon Omonov 14.03 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.

U o‘z natijasi bilan chempionat rekordini o‘rnatish bilan bir qatorda germaniyalik va britaniyalik Paralimpiya o‘yinlari chempionlarini ortda qoldirishda erishdi.

Ushbu natija sportchimizga kelasi yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani ham taqdim etdi.

Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, Omonov musobaqaning eng yosh sportchisi hisoblanadi.

Bobirjon Omonov xalqaro musobalarda qayd etgan natijalari haqida qisqacha:

- 2017 yil yoshlar Paraosiyo o‘yinlari Oltin

- 2018 yil Paraosiyo o‘yinlari Oltin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!