
Dvalishvili: "Murabbiyinga ayt, ovozini o‘chirsin"
Chempionlik kamariga da’vogar Merab Dvalishvili Shon O'Mellining murabbiyi haqida gapirdi.
"Shonning murabbiyi – Tim bilan muammomiz bor. U menga nisbatan hurmatsizlik qilmoqda. Hech bir murabbiy bunday ishlarni qilmasligi kerak. Agar u futbol yoki basketbolda shunday qilganida, allaqachon diskvalifikatsiya qilingan bo‘lardi. Ammo UFC da buni qilishga ruxsat berilgan.
Tim, bo‘yimni va burnimni masxara qiladi, men haqimda uydirmalar to‘qiydi. U kaltakka loyiq inson. Bu xaqida Shonga aytgandim: "Murabbiyingga ayt, ovozini o‘chirsin", - deya Dvalishvilidan iqtibos keltiradi MMA Fighting.
Eslatib o‘tamiz, O'Melli(18-1-1 N/C) va Dvalishvili(17-4) 14 sentyabr kuni AQSh ning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan "UFC 306" turnirida to‘qnash kelishadi.
Fikrlar