Dyokeresh "Arsenal" qiziqish bildirganiga munosabat bildirdi
Portugaliyaning "Sporting" klubi forvardi Viktor Dyokeresh Londonning "Arsenal" klubiga o‘tishi borasida fikr bildirdi.
"Aniq bir narsa deyish mumkin emasyu Chunki futbolda nima bo‘lishi mumkinligini hech qachon bilmaymiz. "Arsenal"? Hozircha hech narsa ma’lum emas. Butun e’tiborimni o‘yinlarga qaratganman. Agar rostdan ham shunday bo‘lsa, yozda hammasi oydinlashadi" - deya shvetsiyalik to‘purar so‘zlarini keltiradi insayder Fabritsio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida.
Avvalroq matbuotda Dyokeresh "kanonirlar" bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, 26 yoshli hujumchi joriy mavsum 52 ta uchrashuvda ishtirok etib, 54 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning ehtimoliy transfer summasi 75 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar