Asosiy mazmunga oʻtish

Dzyudo. Andijonda O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Mamlakat birinchiligi shiddatli kechdi.

Andijon Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida dzyudo bo‘ycha kadetlar va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Jahon chempionatiga saralash vazifasini o‘tovchi turnir kutilganidek shiddatli va keskin kurashlarga boy kechdi. 

E’tiborlisi, qizlar o‘rtasidagi barcha vaznlarda xorazmlik dzyudochilar O‘zbekiston chempioni bo‘lishdi. O‘g‘il bolalarda ikki vaznda Toshkent viloyati, yana bitta vazn toifasida Samarqand viloyati terma jamoasi dzyudochisi shohsupaga ko‘tarildi.

Bugun musobaqaning so‘nggi kuni og‘ir vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q