Dzyudo. Chexiya Toshkentdagi jahon chempionatiga ikki karra Olimpiya o‘yinlari sovrindorini olib keladi

  • 29 avgust, 2022, 16:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, joriy yilning 6-13 oktyabr kunlari Toshkentda dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkaziladi.

Tecno

MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, Chexiya terma jamoasining ushbu musobaqada ishtirok etadigan tarkibi ma’lum. Unga ko‘ra, chexlar yurtimizga 9 nafar sportchi (6 erkak va 3 ayol) bilan tashrif buyuradi. Garchi bu mamlakat to‘liq tarkibda TOP darajadagi sportchilarga ega bo‘lmasa ham, og‘ir vazn toifalarida 2 karra Olimpiada g‘olibi (Rio-2016 va Tokio-2020), 2 karra jahon chempioni (2014, 2019) Lukash Krpalekni ro‘yxatdan o‘tkazgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!