Dzyudo. Islom Birdamligi o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibimiz ma’lum

  • 04.11.2025 20:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo

7-21 noyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Islom Birdamligi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Kopmleks musobaqa dasturidan dzyudo bahslari ham o‘rin olgan bo‘lib, 8-10 noyabr kunlari belgilangan vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Terma jamoamiz murabbiylari shtabi Ar-Riyodga yo‘l oladigan tarkibni tasdiqladi. 

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, har bir davlatdan ko‘pi bilan 12 (7 erkak, 5 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etishi mumkin. 10 noyabr kuni aralash jamoaviy bellashuvlar o‘tkaziladi va tabiiyki, unda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

-66 kg: Zamohshari Bekmurodov
-73 kg: Shahram Ahadov
-90 kg: Shahzod Sharipov
+100 kg: Alisher Yusupov
+100 kg: Muzaffarbek To‘raboev

AYoLLAR:
-48 kg: Laziza Haydarova
-52 kg: Muhayyo Axmatova
-57 kg: Shukurjon Aminova
-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva
-78 kg: Marjona Ko‘chimova
+78 kg: Umida Nig‘matova
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva

Murabbiylar — Aleksey Budolin, Andrey Shturbabin, Rahim Subxonov, Aziz Tashmatov
Shifokor — Aziz Qayumov
Massajchi — Javlon Hasanov 
Psixolog — Lola Agzamova

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!