Dzyudo. Murodil Murodillaev AQSh vakilini engib, jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi

  • 2 oktabr, 2024, 17:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Dzyudo
BEPUL PROPAN

Bugun Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati start oldi. Quvonarlisi, ilk kundayoq O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga bronza medali yozildi. 

Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, -60 kg vazn toifasida qatnashgan hamyurtimiz Murodil Murodillaev shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. Yarim finalda mezbon sportchiga imkoniyatni boy bergan yurtdoshimiz uchinchi o‘rin uchun bahsda AQSh vakili Jonatan Yangni mag‘luboyatga uchratib, o‘z nomini sovrindorlar qatoriga qo‘shib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Улаш Исломов Адашевич
02/10/2024 18:24
Баракалла кейинингиси олтин бўлсин!