Dzyudo. Osiyo chempionatiga qur’a tashlandi

  • 10 sentabr, 15:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Ertaga Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati start oladi.

Tecno

Qit’a birinchiligida 21 davlatdan 196 nafar (111 o‘smir, 85 qiz) dzyudochi jami 16 ta vazn toifasida medallar uchun tatamiga chiqadi. Biroz avval musobaqaga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatida to‘liq tarkib bilan ishtirok etadi.


Dzyudochilarimiz uchun qur’a natijalari (o‘smirlar):

-50 kg: Muhammadqodir Shodmonov – Zagdzusem Purev (Mo‘g‘uliston);
-55 kg: Abubakir Sattorov – Battsooj Tsoojdorj (Mo‘g‘uliston);
-60 kg: Muhammadkarim Nosirov – Bael Abdikasimov (Qirg‘iz Respublikasi)/Aarush Dutta (Hindiston);
-66 kg: Sanjarbek Ashurov – Narmatbek Abdraimov (Qirg‘iz Respublikasi)/Kim Seun Gi (Koreya Respublikasi);
-73 kg: Sa’dulla Ravshanov – Jahanshah Shahmardanuli (Qozog‘iston);  
-73 kg: Daulet Turdiyarov – Sayhanbileg Davharbayar (Mo‘g‘uliston)/Pan Ngok (Vetnam);
-81 kg: Kamronbek Qodirov – Ulung Satria (Indoneziya);
-90 kg: Inomjon Bahodirov – Abdullah Aldayhani (Kuvayt);  
-90 kg: Jo‘rabek Eshpo‘latov – Inoue Firdaus (Indoneziya);
+90 kg: Alibek Durdiev – Rafael Sijabat (Indoneziya);


Dzyudochilarimiz uchun qur’a natijalari (qizlar):

-40 kg: Mohinur Olloberganova – Nikita Nikita (Hindiston);
-40 kg: Dilafruz Boltaboeva to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/2 finalda;
-44 kg: Dinora Hasanova – Munira Manasbekova (Qirg‘iz Respublikasi);
-48 kg: Nargiza Do‘stmamatova –Ayajan Rinat kizi (Qozog‘iston)/Izabel Sharan (Gonkong);  
-52 kg: Nigina Umrzoqova – Kvan Chui Yi (Gonkong)/Park Su Xyun (Koreya Respublikasi); 
-57 kg: Maftuna Ahmedova – Nazva Yulianti (Indoneziya)/Jini Chanambam (Hindiston);
-57 kg: Gulsanam Hazratova – Tan Ray (Singapur);
-63 kg: Zuhrajon Umarova – Anudari Enhtayvan (Mo‘g‘uliston);
-70 kg: Intizor Uzakbaeva – Adis Rayina (Indoneziya);
+70 kg: Zarina Bobonazarova – Li Chay Min (Koreya Respublikasi)/Rafa Kalistiya (Indoneziya).

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!