Dzyudo. O‘zbekiston Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi!
Xabaringiz bor, Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatining aralash jamoaviy bahslari bo‘lib o‘tdi.
O‘z tarixida ilk bor finalga etib kelgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi jahon chempionligi uchun kechgan murosasiz bellashuvda dzyudo vatani hisoblangan yaponiyalik dzyudochilarga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Yakkalik bahslarida 71 davlat orasida tarixda birinchi martta kuchli davlat terma jamoalarni ortda qoldirib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladik. Ilk bor 5 ta oltin, 2 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi. Aralash jamoaviy bellashuvlarda jahon vitse-chempioniga aylandik. Finalga qadar Fransiya, Qozog‘iston va Mo‘g‘uliston terma jamoalari mag‘lub etildi.
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.



Fikrlar