Asosiy mazmunga oʻtish

Dzyudo

Dzyudo. O‘zbekiston Ulan-Batordagi turnirda kuchli to‘rtlikdan joy oldi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Mo‘g‘uliston mezbonlik qilgan "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir yakuniga etdi.

Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahri mezbonlik qilgan "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir yakuniga etdi.

Uch kunlik musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston davlat madhiyasi Mo‘g‘uliston zaminida yangradi. 

Abdurahim Nutfulloev (-66 kg)  "Ulaanbaatar Grand Slam 2025" chempioniga aylandi. Bu bilan u musobaqaning kichik shov-shuvi sababchisi bo‘ldi. Bu uning "Grand Slam" turkumiga kiruvchi turnirlardagi ilk medali edi. Hal qiluvchi final bahsida jahon reytingi peshqadamlaridan biri, Parij-2024 Olimpiadasi bronza medali sovrindori Denis Vieru (Moldova) ustidan g‘alabaga erishdi. Bu muvaffaqiyati, ya’ni qo‘lga kiritilgan 1000 ochko evaziga yangilangan jahon reytingida 64-pog‘onadan 29-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 

Umar Bozorov (-90 kg) —  "Ulaanbaatar Grand Slam 2025" turnirining kumush medaliga sazovor bo‘ldi. U yarim finalda ajoyib kambek evaziga rossiyalik Edilsultanovni mag‘lubiyatga uchratdi. Finalda dzyudo vatani vakiliga imkoniyatni boy berdi. Bozorov 700 ochko sabab reytingda 23-o‘ringa yuqoriladi. 

O‘tkirbek To‘raboev (+100 kg) bronza medali uchun kechgan bellashuvda rossiyalik raqibga yutqazib, musobaqani kuchli beshlikda yakunladi.

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q