
Dzyudo. Sita Qadamboeva Antalya “Katta dubulg‘a” turnirida sovrindor bo‘ldi
Turkiyaning Antalya shahrida start olgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasining birinchi kuni yakuniga etib bormoqda. O‘zbekiston terma jamoasi ushbu kunni 1 ta bronza medali bilan yakunladi.
-52 kg vazn toifasida bahs olib borgan Sita Qadamboeva bronza medali uchun bahsda ispaniyalik Estrella Sherifdan ustun kelib, faoliyatida ikkinchi bor “Katta dubulg‘a” musobaqasining bronza medalini qo‘lga kiritdi. Afsuski, -60 kg vazn toifasida ushbu bosqichda kurashgan Dilshodbek Baratov imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Manba: MOQ
Fikrlar