Dzyudochilarimiz Kontinental Liganing "Sharq" divizioni g‘olibi bo‘ldi
Rossiyaning Tyumen shahrida "Sharq" divizioni bahslari o‘tkazildi.
Rossiyaning Tyumen shahrida dzyudo bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Kontinental Liga musobaqasining "Sharq" divizioni bahslari o‘tkazildi.
Musobaqaning uchinchi bosqich doirasidagi ushbu divizionning A guruhida Liganing o‘tgan yilgi chempioni "Ural-Zapadnaya Sibir", "Rodina" (ikkalasi – Ekaterinburg), "Tyumen-dzyudo 2", V guruhida esa "Jenys" (Qozog‘iston), "Tyumen-dzyudo" va "Triumf" (Barnaul) klublari bahslarga kirishishdi.
Guruhning barcha uchrashuvlarida g‘alaba qozongan "Jenys" 1/2 finalda "Ural-Zapad Sibir" jamoasini 3:2 hisobida dog‘da qoldirdi. Ikkinchi 1/2 finalda "Tyumen-dzyudo" xuddi shu hisobda "Rodina" jamoasidan ustun keldi. Hal qiluvchi final uchrashuvida "Jenys" "Tyumen-dzyudo"ni 3:1 hisobida taslim etdi.
Chempion "Jenys"ning g‘alabalariga terma jamoamiz a’zolari Artyom Shturbabin, Shahram Ahadov va Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori Muzaffarbek To‘raboev o‘z hissasini qo‘shdi. Kontinental Liganing final bosqich turniri 1 noyabr kuni Moskva shahrida o‘tkaziladi.
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Izohlar (0)