Dzyudochilarimiz Chempionlar Ligasiga yo‘l olishdi!

  • 21.11.2025 16:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo

22 noyabr kuni Serbiya poytaxti Belgrad shahrida klublar o‘rtasidagi "Champions League 2025" turniri bo‘lib o‘tadi. 

Unda Qozog‘istonning "Jenis" klubi ham ishtirok etadi. Ushbu jamoa tarkibida uch nafar dzyudochimiz - Shahzodxo‘ja Sharipov, Shahram Ahadov va Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori Muzaffarbek To‘raboev ham bo‘lib, ular bugun Serbiyaga jo‘nab ketishdi. 

Yana bir tajribali dzyudochimiz Alisher Yusupov esa Frantsiyaning "Pari-Sen-Jermen" klubi safida Chempionlar Ligasi turnirida qatnashadi. Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori ayni paytda jamoasi bilan birga aynan Frantsiya poytaxtida bo‘lib turibdi.

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!