EA FC 27'da O'zbekiston bilan Osiyo Kubogida o'ynash imkoniyati paydo bo'ladi

  • 10.05.2026 21:31
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Osiyo Futbol Federatsiyasi (OFK) "Electronic Arts" tarkibiga kiruvchi "EA Sports FC" (sobiq FIFA futbol simulyatori) Osiyo futbolidagi eng yirik turnirlardan biri — "Osiyo Kubogi 2027" uchun tarixiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Endilikda turnir "EA Sports FC" o‘yini seriyalarining navbatdagi qismida (FC27) rasmiy litsenziyalangan kontent sifatida paydo bo‘ladi. O‘yin ichidagi maxsus integratsiyalar, yangi rejimlar va boshqa funksiyalar haqida batafsil ma’lumotlar yil davomida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Bu shuni bildiradiki, 2027 yildagi Osiyo Kubogida ishtirok etuvchi 24 ta terma jamoalar o‘yinga qo‘shiladi. Jumladan O‘zbekiston milliy terma jamoasi shular qatorida. 

Ma’lumot o‘rnida, 2027 yildagi Osiyo Kubogi 7 yanvardan 5 fevralgacha Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasi qur’a natijalariga ko‘ra, "B" guruhidan o‘rin oldi. Ushbu guruhda Bahrayn, KXDR va Indoneziya terma jamoalari o‘rin olishgan.

Promotional image announcing AFC's partnership with EA Sports FC as the official licensed product for AFC Asian Cup 2027 in Saudi Arabia. Features enthusiastic soccer players from various teams.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!