Echeverri "Bayer"ni tark etmoqchi

  • 17.12.2025 20:44
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Yozgi transferlar oynasida "Bayer"ga ijara asosida o‘tgan Klaudio Echeverri Germaniya klubini tark etmoqchi, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano.  

Avvalroq, "shaharliklar" leverkuzenliklarni hujumkor yarim himoyachiga kam imkon berayotganidan norozi ekanligini bildirgan. Argentinalik futbolchi ushbu mavsum 315 daqiqa maydonda harakat qildi. 

Echeverrini "Manchester Siti" 2024 yilda sotib olib, bir mavsum "River Pleyt"ga ijaraga berdi. O‘tgan yil qishda Angliya klubi tarkibiga kelib qo‘shilgan Klaudio Germaniyaga yo‘l olgandi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!