EChL. "Borussiya" pley-off yo‘llanmasini naqd qildi, "Milan"da vaziyat og‘ir
Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqich 5-turidan o‘rin olgan "Milan" - "Borussiya" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 3:1 hisobida zafar quchdi.
Roys, Gittens hamda Adeyemining gollariga Chukveze bir marotaba javob qaytardi.
Ochkolari sonini 10 taga etkazib olgan "Borussiya" pley-off yo‘llanmasini naqd qildi. 5 ochkosi bor "Milan" ayni dam "F" guruhida so‘nggi pog‘onani band etib turibdi.

Fikrlar