EChL chempioni "Inter" futbolchisini sotib olmoqchi
"Bavariya" klubi "Inter" yarim himoyachisi Ivan Perishichni xarid qilmoqchi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, myunxenliklar 31 yoshli futbolchining transferi uchun 12 mln evro taklif qilgan.
"Neradzurrilar" xorvatiyalik futbolchini 15 mln evrodan kamiga sotishni istamayapti.
Perishich o‘tgan mavsumni "Bavariya" safida ijara asosida o‘tkazdi. Nemislar futbolchinin 20 mln evroga sotib olish huquqidan foydalanishni xohlamadi.



Fikrlar