ECHL. "Inter" safarda "Budyo-Glimt"ga yutqazdi
Italiyaning "Inter" jamoasi Chempionlar ligasi pley-off bosqichi ilk uchrashuvida safarda "Budyo-Glimt"ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Hisob 20-daqiqada Sondre Fet tomonidan ochildi. 30-daqiqada Franshesko Espozito muvozanatni tikladi.
61-daqiqada Yens Heuge mezbonlarni yana oldinga olib chiqdi. 64-daqiqada esa ilk ikki golga assist bergan Kasper Hegning o‘zi ham gol urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Eslatib o‘taman, javob bahsi 24 fevraldan 25 fevralga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.
- Europe - UEFA Chempionlar ligasi
- Knockout Round Play-offs
Bodø / Glimt
- Sondre Fet 20'
- Jens Petter Hauge 61'
- Kasper Høgh 64'
Tugadi
3
:
1
19.02.2026 01:00
Inter
- Pio Esposito 30'
Fikrlar