
EChL. "Manchester Siti" 3:0, "Atletiko" esa 6:0 hisobida zafar quchdi
EChL 4-tur bahslari davom etadi. Quyida "Atletiko" va "Manchester SIti" ishtirokidagi o‘yinlar qayd etilgan natijalar bilan tanishing.
"Manchester Siti" "Yang Boyz"ni o‘z maydonida qabul qilib, 3:0 hisobida zafar quchdi.
O‘yinda Xoland dubl qilgan bo‘lsa, Foden o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Manchester Siti" 12 ochko bilan guruhida peshqadam bo‘lib turibdi va pley-offga muddatidan oldin chiqdi.
"Atletiko" esa "Seltik"ni ayab o‘tirgani yo‘q. O‘yinda Grizmann va Morata dublni rasmiylashtirdi. Lino va Saul bittadan gol urdi.
3 ochkoni qo‘lga kiritgan "matraschilar" 8 ochko bilan guruhida birinchi o‘ringa chiqib oldi.
Fikrlar